Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliyaning uchta superklubi Laminga xaridor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr oʻyinchi doim talash boʻladi

«Monako» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy yarimhimoyachi Lamin Kamara Angliya premer-ligasining bir qator yetakchi klublari diqqat markazida turibdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli senegallik futbolchini Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari, shuningdek, «Liverpul» jamoasi o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Ushbu klublar vakillari Kamaraning agenti bilan dastlabki muloqotlarni o‘tkazib bo‘lgan.

Lamin Kamara «Monako» tarkibiga 2024 yil yozida qo‘shilgan. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, yarimhimoyachining transfer qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q