Anjelik Kerber o‘z maqsadiga erishdi
«WTA Sydney International – 2018” turnirida germaniyalik Anjelik Kerber barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Anjelik Avstraliyada o‘tgan musobaqa finalida avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda germaniyalik tennischi raqibini har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida engdi.
Shu tariqa Anjelik Kerber o‘zaro o‘yinlarda 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Shuningdek, finaldagi g‘alaba unga 137.125 AQSh dollari miqdorida mukofot puli va 470 reyting ochkosini keltirdi.

Izohlar (0)