Анри: «Barakalla, Mourin'yu!»
Tyerri Anri «el-klasiko»dagi 2:1 hisobidan so‘ng Joze Mourinyoni tan oldi va uning yuqori darajada ishlashini isbotlaganini aytdi.
«Barselona»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri so‘nggi intervyusida «El-klassiko» haqida fikr bildirib, Joze Mourinyuni maqtadi. U portugaliyalik mutaxassis murabbiylik qobiliyatiga nisbatan bildirilgan shubhalarga amalda javob qaytara olganini ta’kidladi. Mourinyu boshqarayotgan «Real» «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
«Barakalla, Mourinyu! Ko‘pchilik uning hali ham muvaffaqiyatga erisha olishiga shubha qilgandi, ammo u buning uddasidan chiqishini isbotladi. Ular mag‘lubiyatga uchramasliklari kerakligini yaxshi tushunishgan. Chunki to‘plar nisbatidagi bunday farq bilan to‘qqiz ochkolik kamomadni qoplash juda qiyin bo‘lardi», — deya Anrining so‘zlarini Betway Insider keltiradi.
Ispaniya chempionati turnir jadvalidа «Barselona» 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» 25 ochko bilan ikkinchi, «Real» esa 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar (0)