Antonelli o‘zining eng zaif tomonini aytdi

  • 03.04.2026 17:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

"Mersedes" poygachisi Kimi Antonelli mavsum davomida raqiblaridan nimasi bilan ortda qolayotganini aytib o‘tdi.

"Tajriba — mening, masalan, Jorj bilan solishtirganda, asosiy zaif tomonim. Uni sotib olib bo‘lmaydi. Lekin ishonchim komilki, imkoniyat bo‘lsa, chempionlik uchun kurasha olaman. Men bunga ko‘p yillar davomida intildim va agar o‘zimning maksimal darajamni ko‘rsatsam, har qanday odamni mag‘lub eta olishimni allaqachon isbotladim.

Eng muhimi, asosiy narsalarni to‘g‘ri bajarish. Biz jamoa bilan buni doimo o‘zimizga eslatib turamiz. O‘zim ham hali to‘liq potensialimni ocha olganim yo‘q. Har bir poygadan so‘ng o‘zim uchun yangi narsalarni o‘rganayapman. Bono (Antonellining poyga muhandisi) bilan birgalikda ajoyib ishlaymiz va men uning tajribasi orqali katta yutuqlarga erishyapman. Biz Jorj bilan yaxshi chiqishamiz, u ajoyib yigit. Lekin, albatta, u mening nafaqat sherigim, balki raqibim hamdir. Faqat unda ham menikidek tezkor mashina bor", - dedi Antonelli Bild nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Kimi ayni damda Formula-1 chempionat jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!