APL klubi "Bavariya" transferini barbod qilmoqchi
"Bavariya" "Feyenoord" himoyachisi Jivayro Rid bilan muzokalarni boshladi. Bu haqda "Sky Germany" nashri ma’lum qildi.
Manbada yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, myunxenliklar futbolchining vakillari bilan ilk muzokaralarda ijobiy natijaga erishgan. Biroq nemis grandining rejalariga APL klublari xalaqit berishi mumkin. Nomi oshkor qilinmagan ingiliz jamoasi himoyachini "Bavariya"dan tortib olishga urinmoqda.
Myunxen klubi 19 yoshli futbolchiga qancha pul taklif qilgani hali aniq emas. Hozirda himoyachining "Transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jivayro joriy mavsum rotterdamliklar safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar