APL kutayotgan "bomba" transferlar

  • 30 iyul, 2021, 21:02
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olami transfer mish-mishlariga to‘lib ketgani rost. Jamoa tarkiblari yangilanmoqda, transfer summalari oshib boryapti. Fursatdan foydalanib, SPORTS.uz yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan kelishuvlarga alohida to‘xtalib o‘tadi. Tanlov juda katta bo‘lgani bois, faqat APL klubiga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lgan yulduzlarni tanlab oldik. Xo‘sh, yangi mavsumda "tumanli albion"da qanday yangi nomlarni uchratishimiz mumkin?

Tecno

Xarri Keyn "Tottenxem"

we-[gjwejgw

Aslida, Keyn bundan avvalroq kuchliroq jamoaga o‘tishga haqli edi. "Shporlar"ga bo‘lgan sadoqat, uning faoliyatidagi eng zo‘r yillarini tortib oldi. Keyn hozir har qachongidan ko‘ra ketishga yaqin turibdi. "Tottenxem" uning uchun talab qiladigan summani to‘lashga qodir yagona klub - bu "Manchester Siti". Angliya terma jamoasi sardori bo‘lishiga qaramay, Xarri mamlakatning 7-jamoasida to‘p surmoqda. Achinarli xolat. Tug‘ma to‘purar, chinakam "jangchi" va kuchli xarakter egasi. Transfer summasi 100 million evrodan ortiq bo‘lgan yigitni Konferensiyalar kubogida to‘p surishini tasavvur qilib ko‘ringchi?! Daniel Levi nima qilib bo‘lmasin, forvardni qo‘ldan chiqarmaslikka urinadi. O‘rtadagi shartnoma muddati 2024-yilga qadar mo‘ljallangani bois, klub o‘z futbolchisini ushlab qolish imkoniga ega.

Erling Xoland "Borussiya Dortmund"

kherhkehekh

Norvegiyalik "monstr"ning shartnomasida ajoyib band mavjud. Unga ko‘ra, hujumchini qo‘lga kiritishni istagan jamoa 70 million evro to‘lasa kifoya. Bu band kelasi yili kuchga kiradi. Shunga qaramay, Erlingni 30-50 million evro qimmatroq bo‘lsa-da, sotib olish fikridagi grandlar yo‘q emas.

Ular orasida "Chelsi"ni alohida qayd etish kerak. Tomas Tuxel markaziy hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Jiru "Milan"ga ketgach, Abraxam va Vernerga suyanib qolishga to‘g‘ri keladi. Ochig‘i, chempionlik uchun kurashishni reja qilgan jamoa to‘purar hujumchisiz natijaga erishishi qiyin. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, "Borussiya D" Erlingni 150 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Xo‘sh, "Chelsi" tavakkal qiladimi? Voqealar rivojini Sports.uzda kuzatib boring!

Ussam Auar "Lion"

plukpuklplukp

O‘tgan yozda "Arsenal" frantsuz bilan shartnoma imzolashni juda ham istadi, ammo "taqachilar"ni ko‘ndirishning imkoni topilmadi. Natijada, markazdagi bo‘shliq "Atletiko" a’zosi - Tomas Parti bilan to‘ldirildi. Mikel Arteta sifatli ijrochini tarkibga qo‘shib olgan bo‘lsa-da, markazdagi muammolar berkitilgani yo‘q. Auar o‘yinga temp qo‘sha oladigan pleymeykerlar sirasiga kiradi. Boz ustiga, 23 yoshli futbolchi o‘sishdan to‘xtayotgani yo‘q. O‘tgan mavsumda qahramonimiz o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Shu bois, transfer summasida ham keskin pasayish kuzatildi. 22 million funt evaziga Auarni qo‘lga kiritish imkoniyati hozircha mavjud. "Lion" bilan uning o‘rtadagi shartnomasi 2022-yilda o‘z yakuniga etadi.

Jek Grilish "Aston Villa"

rlukrluklru

Qaysidir ma’noda, Grilish oldida og‘ir tanlov turibdi. "Manchester Siti" iqtidorli yigit uchun kurashga qo‘shilgan. "Shaharliklar" bilan Angliyadagi katta sovrinlarga ega chiqish imkoniyati bir tomon bo‘lsa, Pep Gvardiolaning o‘yin uslubi qurboni bo‘lish havfi tarozining ikkinchi tomonini bosib turibdi. Jek qay darajada iqtidorli bo‘lmasin, u "Siti" uchun oddiy futbolchidek bir gap. U sovrinlar yutishi mumkin, ammo Pep hech qachon Jekni atrofida jamoa qurmaydi. "Aston Villa"dagi kabi erkin harakat qilish imkoni futbolchida bo‘lmaydi. Bir-biriga qarama-qarshi fikrlar og‘ushida qolgan Grilish unutmasligi shart! Yana 2 yil va bo‘ldi. Uning "sovchi"lari orasida bunday qudratli jamoa yana bo‘lmasligi aniq!

Eduardo Kamavinga "Renn"

o56o56o56o

16 yoshida "Real" e’tirofiga tushgan yigitcha 2 yildan beri trendda! 18 yoshga qadam qo‘ygach, uning tineyjerlar safidan chiqarish mumkin. Kamavinga hozir grand klublar orzusidagi futbolchi. Yosh bo‘lishiga qaramay, "Renn" safida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan "o‘spirin" PSJ va "Lion" rahbarlarining tushlariga kirib chiqayotgan bo‘lsa, ne ajab?! So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eduardo uchun kurashga qo‘shilganlar orasida "Chelsi", "Manchester Siti", "Tottenxem" singari Angliya grandlari ham mavjud. Futbolchining "Renn" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shunday ekan, grandlar o‘rtasidagi bahs start oldi. "Renn" klublar taklif etayotgan summaga ko‘nmasa, 12 oydan so‘ng o‘z "yulduzcha"sini tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi.

Antuan Grizmann "Barselona"

herk,hekhe

Kataloniya jamoasi murakkab vaziyatga tushib qolgan. Moliyaviy qonun-qoidalar sababli maoshlar uchun ajratiladigan pullar hajmi kichraytirilishi shart. Pyanich, Umtiti va Koutinodan xalos bo‘lish rejasi ish bergani yo‘q. Vaqt esa, o‘tib bormoqda. Endi "b" rejaga o‘tadigan payt keldi. Antuan Grizmanning transferi! Frantsuz bilan Angliyaning bir qator etakchilari qiziqib qolgani rost. Boz ustiga, bugungi "Barselona" narx-navoda talashib o‘tiradigan ahvolda emas. 3 yil ilgari 120 millionga baholangan yigitni hozir bemalol 50 million evaziga sotib olish mumkin.

Temmi Abraxam "Chelsi"

111111111111111111111111111111111111111111111111

Tuxel kelgach, Temmi asosiy tarkibdagi o‘rnidan ayrildi. Murabbiy EChLda zafar quchgach, rahbariyat oldida ancha mavqeyini ko‘tarib oldi. Abraxam esa, chetga chiqishga majbur. London klubi inglizni Erling Xolandni transferiga aralashtirmoqchi bo‘lgani besamar ketdi. Dortmund norvegiyalikning transferidan sof daromad olish ilinjida. Ingliz nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, Abrahamni "Arsenal" va "Tottenxem" o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Faqat bitta muammo bor. Hech kim suvni ko‘rmay etik echmoqchi emas. Ya’ni, klublar avvaliga ijaraga olish variantini ma’qul ko‘rmoqda. "Chelsi" Xolandni transferi uchun Temmidan 40 million evro ishlab olish ilinjida. Umuman olganda, Tomas Tuxel tezroq hal qilishi kerak. Aks xolda, Xoland va Abrahamdan bir kunda ayrilishi hech gap emas.

Jerdan Shakiri "Liverpul"

erk,gergker

"Enfild"dagi 4 mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lsada, Jerdan umumiy hisobda 63 rasmiy o‘yinda ishtirok etgan xolos. 29 yoshli futbolchiga yarashmaydigan statistika. Shunday emasmi?! "Qizillar" yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda. Bo‘shab qolgan stadionlar sababli klubda moliyaviy muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Bu vaziyatda, Shakirini transferga qo‘yish "Liverpul" uchun eng engil echim. "The Sun" nashri bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, klub 13 million funt evaziga Shakirini qo‘yib yuborishga tayyor. Bugungi transfer olamida Shakiri darajasidagi ijrochini bunday narxga topishning imkoni yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!