APLda shov-shuvli transfer kutilayapti
Vaziyat birdan o‘zgardi
Manbalarga ko‘ra, «Arsenal» Angliya premyer-ligasida katta shov-shuvga sabab bo‘ladigan transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
London klubi asosiy maqsad sifatida «Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroni ko‘zlagan. Futbolchi uchun kurashda Mikel Arteta jamoasiga yana bir yirik klub – «Inter» raqobat qilishi mumkin.
Argentinalik himoyachining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Romeronning bozor qiymati 50 million yevro atrofida.
Kristian Romero 2022 yildan buyon «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubiga «Atalanta» tarkibidan o‘tgan edi.

Izohlar (0)