APLga qaytaman!

  • 27.11.2023 15:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik vinger Rafinya Dias qishki transfer oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Lids"ning sobiq futbolchisi Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin. Janubiy amerikalik yarim himoyachiga Londonning "Tottenxem" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda. 

26 yoshli futbolchi o‘tgan yozdan beri Kataloniyada o‘ynamoqda. Rafinyaning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Braziliya terma jamoasi a’zosi o‘nta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!