APLning olti oʻyinchisini Afrikada chempion boʻldi

  • 19.01.2026 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi klublarida to‘p surayotgan olti nafar futbolchi Senegal terma jamoasi safida Afrika Millatlar Kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Finalda senegalliklar Marokashni (musobaqa mezboni) 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hal qiluvchi golni Papa Geye urdi, golli uzatmani esa “Everton” yarim himoyachisi Idrissa Geye amalga oshirdi.

G‘oliblar orasida Angliya chempionatining yana quyidagi o‘yinchilari bor:

  • Malik Diyuf (“Vest Xem”)
  • Xabib Diarra (“Sanderlend”)
  • Pap Matar Sarr (“Tottenxem”)
  • Iliman Ndiaye (“Everton”)
  • Ismaila Sarr (“Kristal Pэlas”)

Shuningdek, “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan, ammo ayni paytda boshqa ligalarda ijarada o‘ynayotgan Mamadu Sarr va Nikolas Jekson ham g‘oliblar safiga kiradi.

Barcha olti nafar futbolchi 23-turga qadar klublariga qaytishi kutilmoqda. Turnirning eng yaxshi futbolchisi deb “Liverpul”ning sobiq hujumchisi Sadio Mane e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!