Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

APLning top 6 klubi bir hujumchini talashmoqda

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi uchun kurash avjida

"Nyukasl" "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Vest Xem", "Chelsi" va "Liverpul" qatoriga qo‘shilib, "Lill" hujumchisi Jonatan Devid bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. 
 
"The i Paper" nashrining xabariga ko‘ra, ushbu olti klub allaqachon futbolchining vakillari bilan bog‘langan va u uchun "Barselona", "Atletiko Madrid", "Inter" hamda "Yuventus" bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. 
 
Kanada terma jamoasi forvardi ushbu mavsumda ham o‘zining samarali o‘yinlarini davom ettirmoqda. U Liga 1ning to‘purarlar ro‘yxatida 14 gol bilan uchinchi o‘rinda bormoqda, shuningdek, Chempionlar Ligasida ham 9 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. 
 
Devid "Lill"da besh yildan buyon to‘p surgan bo‘lsa-da, klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikni o‘ylamoqda. Manbalarga ko‘ra, u Frantsiyada o‘zini etarlicha sinab ko‘rdi va faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqchi. Shu bois, kelayotgan yozda erkin agent sifatida yangi jamoaga o‘tishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q