AQSh muxlislarga ommaviy tarzda visa bermadi

  • 11.06.2026 18:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kot-d’Ivuardan bo‘lgan futbol ishqibozlari 2026 yildgi jahon chempionatining guruh bosqichi uchrashuvlariga borish uchun AQShga kela olmaydi. Buning sababi – Amerika tomoni joriy etgan qattiq viza cheklovlari. Natijada milliy jamoa o‘z yurtidan keladigan uyushgan muxlislar qo‘llovisiz qoldi, okean ortiga borishga faqat bir necha rasmiy shaxslargagina ruxsat berilgan.

L'Équipe nashriga ko‘ra, Kot-d’Ivuar Milliy muxlislar qo‘mitasi (CNSE) rahbari Jyul’en Kuadio Adonis vaziyatni shunday izohlagan:

"Muxlislar safardan voz kechishga majbur bo‘lishdi, chunki Amerika hokimiyatlari ayrim davlatlar, jumladan Kot-d’Ivuardan keladigan fanatlarni o‘z hududida ko‘rishni istamayapti. AQSh bizga ochiq-oydin qilib, muxlislarimizni qabul qilish niyati yo‘qligini bildirdi. Bu holat biz uchun juda og‘ir, chunki jamoani qo‘llab-quvvatlash – bizning eng asosiy burchimiz. Biz tribunalarida o‘z madaniyatimiz va qay tarzda jon kuydirib muxlislk qilishimizni namoyish eta olardik".

Avvalroq qo‘mita chempionatga taxminan 500 nafar muxlisni yuborishni rejalashtirgan edi. Ammo oxir-oqibat AQShga faqat kichik bir guruh amaldorlar kira oldi. Endi ularning asosiy vazifasi – allaqachon Qo‘shma Shtatlarda yashab kelayotgan ivuariliklarni birlashtirish va jamoani qo‘llab-quvvatlashni tashkil etishdan iborat.

Manbalar ta’kidlashicha, AQShning qattiq migratsiya siyosati faqat tribunalar dagina emas, balki musobaqaning bevosita ishtirokchilariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Somaliylik hakam Omar Artanga viza rasm an ma’qullanganiga qaramay, mamlakatga kirish rad etilgan.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 15 iyun kuni Filadelfiya shahrida Ekvadorga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!