AQSh Oʻzbekistonga keladigan terma jamoa tarkibini eʼlon qildi
Shaxmat bo‘yicha AQSh terma jamoasi rasm an o‘z tarkibini e’lon qildi. 2026 yilda Samarqand (O‘zbekiston) shahrida o‘tadigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida aynan shu shaxmatchilar mamlakat sharafini himoya qiladi, deya xabar bermoqda FIDE matbuot xizmati.
Ochiq turnirda AQSh sharafini Fabiano Karuana, Uesli So, Hans Nimann, Levon Aronyan va Avonder Lyan himoya qiladi. Jamoaga sardor sifatida Jon Donaldson rahbarlik qiladi, bosh murabbiy vazifasini esa Grigoriy Oparin bajaradi.
Ayollar musobaqasida esa AQSh terma jamoasi tarkibiga Karissa Yip, Elis Li, Irina Krush, Rouz Etvell va Teitv Abrahamyan kiritilgan. Bu jamoa sardori Melikset Xachiyan, murabbiy sifatida Liem Le ish olib boradi.
47-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026 yil 16–29 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa jahon shaxmat taqvimining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar