Arauxo qachaon qaytadi?

  • 17.12.2025 20:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Ronald Arauxo "Chelsi"ga qarshi o‘yindan keyin "yo‘qolib qolgan"di. Dastlab, uning jarohati borligi haqida xabar berishdi, lekin bosh sababga ko‘ra, u ommaga ko‘rinish bermayotgandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, urugvaylik himoyachining ruhiy holati yaxshi emasdi va oz vaqtga dam olishga qaror qilingan. Arauxo yanvar oyida safga qaytishi kutilmoqda. U 3 yanvar kuni "Espanol" bilan bo‘ladigan uchrashuv qaydnomasidan joy oladi. Bu haqida "Marca" nashri xabar berdi. 

Ronaldni "Barselona" qo‘llab-quvvatlamoqda va uni qishki transferlar oynasida sotish niyati yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!