Arbeloa kutilmaganda taslim bo‘ldi

  • 22.05.2026 22:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ni yanvar oyidan beri boshqarib kelayotgan bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mavsumning so‘nggi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Qirollik klubi”ni tark etayotganini ma’lum qildi.

Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Arbeloa “Real”ga nisbatan o‘ziga imkoniyat bergani uchun katta minnatdorlik hissini tuyayotganini ta’kidladi.

- Men “Real”ni ulkan minnatdorlik bilan tark etmoqdaman, chunki futbolchilar bilan ishlash meni kuchaytirdi va har bir kundan zavq olishimga sabab bo‘ldi,  - dedi Alvaro Arbeloa.

Ispaniya matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, “Real”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bo‘ladi. Portugaliyalik mutaxassis avval ham 2010–2013 yillarda “Qirollik klubi”da bosh murabbiy bo‘lgan va jamoa bilan Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!