Arbeloa: "Oq libosdagi jamoa hali o‘z so‘zini aytadi"

  • 11.04.2026 12:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Jirona"ga qarshi La Liga uchrashuvidagi 1:1 hisobidagi durangdan keyin EChL chorak finali javob bahsi oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Eslatib oʻtamiz, birinchi uchrashuvda "qaymoqranglilar" oʻz maydonida "Bavariya"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Javob oʻyini 15 aprel kuni Myunxenda boʻlib oʻtadi.

Arbeloa futbolchilaridan eng avvalo oʻz kuchiga ishonishni xohlashini taʼkidladi.

"Men futbolchilarim oʻzlariga ishonishini xohlayman. Menga keragi ham shu. Safarga yoʻl oladigan 25 nafar futbolchining barchasi gʻalabaga ishonib, oʻzining eng yaxshi oʻyinini koʻrsatishiga ishonaman.

"Bavariya" hisobdagi ustunlik va oʻz maydonida oʻynayotganligi uchun oʻzini favorit deb bilmoqda.

Ammo ularni oq libosli, doira shaklidagi nishonga ega jamoa qarshi oladi. Ishonamanki, biz munosib qarshilik koʻrsatamiz", — dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!