Arbeloa: "Vinisius jamoani yetaklab ketmoqda"
Braziliyalik vinger ikkinchi bo'limda dubly qayd etib, 72-daqiqada g'alaba golini kiritdi.
"Vinisius yana bir ajoyib o'yin o'tkazdi. U o'zining iqtidori, jasorati, xarakteri va qo'rqmasligini yana bir bor namoyish qildi. Xato qilsa ham, yana urinib ko'rishni biladi.
U juda qiyin pallada g'alabani olib kelgan ajoyib gol urdi.
Bunday futbolchiga ega ekanimiz — katta omad. Uning mehnatsevarligi, iqtidori va jamoani ortidan ergashtira olish qobiliyati juda yuqori.
U karerasining eng yaxshi pallasidami — bilmayman, ammo shu darajaga juda yaqin", — dedi Arbeloa.
Fikrlar