Argentina muxlislari o‘qqa tutildi
Vahshiy harakat yuz berdi
Argentina futbolida faoliyat yurituvchi «Tigre» klubi muxlislari ketayotgan avtobusga Janubiy Amerika kubogi uchrashuvidan so‘ng o‘q uzildi. Bu haqida TyC Sports nashri xabar berdi.
1/16 final doirasidan o‘rin olgan ilk bahs Montevideoda o‘tkazildi va unda «Tigre» mezbon jamoa «Nasyonal» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin, tun yarmida shaharni tark etayotgan muxlislar avtobusi noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan.
Manbalarga ko‘ra, hujum natijasida bir nafar muxlis yaralangan. U qo‘lidan o‘q yeb, shifoxonaga yetkazilgan. Dastlabki tibbiy yordam va davolanishdan so‘ng u kasalxonadan chiqarilgan, klub esa uning Buenos‑Ayresga qaytib borishini tashkil etgan.
«Tigre» klubi sodir bo‘lgan voqeaga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirdi. Baynotda shunday deyiladi: «Biz har qanday zo‘ravonlikni keskin qora laymiz. Futbol bayram bo‘lishi kerak. Hech qanday sharoitda bizning odamlarimiz xavf ostida qolishini qabul qilib bo‘lmaydi».

Izohlar (0)