Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Argentina prezidenti: Messi Peledan ustun!

Sizchi? Siz qanday fikrdasiz?

Argentina prezidenti Xaver Miley 2024 yilgi Amerika kubogi final uchrashuvi oldidan terma jamoa hujumchisi Lionel Messi haqida gapirdi.

“Men Leoni ko‘rishni xohlaymanmi? Bu tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Messi Peledan ustun. Men bunga hech qanday shubham yo‘q. Uni o‘z qarorgohimda qabul qilish men uchun sharaf bo‘lardi”, - dedi prezident.

Argentina qit’a birinchiligining hal qiluvchi uchrashuvida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 14 iyuldan 15 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Lionel Skaloni shogirdlari turnirning amaldagi g‘oliblari va jahon chempioni hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q