Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Argentina yulduzi o‘nta o‘yinga haydaldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Og‘ir jazo bo‘ldi

FIFAning intizomiy qo‘mitasi Jahon chempionati finalidan so‘ng Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘yinchilari o‘rtasida yuz bergan mojaroni ko‘rib chiqdi.

Eng keskin jazo Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredesga qo‘llanildi. Bu kutilgan hol, chunki u mojaroda eng faol ishtirokchilardan biri bo‘lgan. Paredes terma jamoa safida 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Yana bir argentinalik futbolchi Nauyel Molina 7 ta o‘yinga maydonga tusha olmaydi. Tyago Almadaga 2 ta o‘yin, terma jamoa murabbiylar shtabi a’zosi Roberto Ayalaga esa 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya berildi.

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi bir o‘yinga diskvalifikatsiya oldi.

FIFA qaroriga ko‘ra, ushbu jazolar faqat terma jamoalar o‘yinlariga taalluqli bo‘lib, klub musobaqalariga ko‘chirilmaydi, deya xabar beradi Democrata nashri.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q