Argentinaда Messining 10-raqamini oladigan futbolchi tanlanyapti
Raqamni kim oladi?
Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Endi esa futbol jamoatchiligini bir savol o‘ylantirmoqda: «albiseleste» tarkibida afsonaviy hujumchiga tegishli bo‘lgan 10-raqamni kim kiyishi mumkin?
The Touchline nashri Argentinadagi ESPN filialiга tayanib xabar berishicha, milliy jamoa murabbiylar shtabi Messidan keyingi «o‘ninchi» uchun ikki nomzodni ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, Argentina terma jamoasida 10-raqamni Niko Pas yoki Lautaro Martines qabul qilib olishi ehtimoldan xoli emas.
Noyabr oyida Argentina terma jamoasi Urugvay va Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Lionel Messi esa «albiseleste» safidagi so‘nggi o‘yini oktabr oyida o‘tkazgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yozda Argentina terma jamoasi jahon chempionati finalida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgandi.
Izohlar (0)