Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Argentinaning 1/8 finaldagi raqibi Misr bo‘ldi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Belashuv sanasi va vaqti ma'lum

Argentina terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finalida Misrga qarshi maydonga tushadi.
⠀
Uchrashuv 7 iyul kuni AQShning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi.
⠀
Lionel Skaloni shogirdlari 1/16 finalda Kabo-Verdeni qo‘shimcha vaqtlarda kechgan dramatik bahsda 3:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan edi.
⠀
Misr terma jamoasi esa 1/16 finalda Avstraliya bilan asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa misrliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
⠀
Endi mundialning keyingi bosqichida Argentina va Misr o‘rtasida chorak final yo‘llanmasi uchun qiziqarli to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 21:00’da start olishi rejalashtirilgan. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q