Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Arina Folts chorak finalga chiqdi

Zohir2018
Izohlar: 0

Juftlik bahslari qizg‘in o‘tmoqda

Farg‘ona shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25.000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Juftlik bahslari ilk bosqichida Arina Folts va Yasmina Karimjonova boshqa bir tennischilarimiz Milana Maslenkova hamda Setora Normurodovani 6:1, 6:3 hisobida taslim qildi.

Endi ular musobaqaning chorak finalida Sabina Sharipova hamda rossiyalik Ekaterina Yashina bilan kuch sinashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q