“Arsanal”: Senga syurpriz bor!
Angliyaning amaldagi chempioni «Arsenal» o‘zining yetakchi yarim himoyachisi Deklan Raysga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
Hozir Raysda 2023 yil iyul oyida «Vest Xem»dan 105 million funt evaziga «Arsenal»ga o‘tganida imzolagan besh yillik shartnoma hali ham amal qilmoqda.
Rays shu vaqt davomida «Arsenal»ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib keldi. U «kanonirlar» bilan Premyer-liga chempionligi va Angliyaning ikki Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Deklan Mikel Arteta jamoasi bilan o‘tgan mavsumda Liga kubogi va Chempionlar ligasi finallarigacha yetib bordi.
Talksport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Rays va «Arsenal» allaqachon muzokaralarni boshlagan va har ikki tomon ham hamkorlikni uzaytirishga tayyorligini bildirgan.
Raysning yangi shartnomasi kamida 2031 yil yozigacha mo‘ljallandi. Bu shartnoma 27 yoshli angliyalik futbolchiga maoshi bo‘yicha hozir «Arsenal»ning eng yuqori maosh oluvchi futbolchisi bo‘lgan vinger Bukayo Saka bilan bir qatorga chiqish imkonini beradi.

Fikrlar