Arsen Venger "JCh-2026" favoratini aytdi
Arsen Venger jahon chempionatida gʻoliblikka asosiy daʼvogar sifatida Frantsiya terma jamoasini koʻrsatdi.
Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger jahon chempionatida g‘oliblikka asosiy da’vogar deb kimni hisoblashini aytdi.
Uning fikricha, musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga eng yaqin jamoa — Fransiya terma jamoasi. Shu bilan birga, Venger uchun eng katta savol Ispaniya terma jamoasi bilan bog‘liq.
«Agar hozir Fransiyani mag‘lub eta oladigan jamoa bo‘lsa, men Ispaniyani aytar edim. Chunki ularning texnik mahorati Fransiyanikidan yuqori», — deya Vengerning so‘zlarini keltiradi Mirror nashri.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar pley-offning yarim finalida to‘qnash kelishi mumkin. Fransiya terma jamoasi 1/4 finalda Marokashga qarshi maydonga tushadi, Ispaniya esa Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Izohlar (0)