"Arsenal" Artetaga ko‘proq pul beradi
Chempionlik foyda keltirdi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha yakuniy kelishuvga keldi. Bu haqida BBC sayti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar bir necha oydan beri mehnat shartnomasini uzaytirish yuzasidan muzokara olib borayotgan edi. Yangi bitimning aniq muddati hozircha ochiqlanmagan, ammo u ispaniyalik mutaxassisga jamoani kamida o‘n yil davomida boshqarish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, Arteta «Arsenal»ni 2019 yil dekabrida qabul qilib olgan.
Manbalarga ko‘ra, yangi shartnoma doirasida Arteta maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Hozirgi paytda u bir mavsum uchun 10 million funt (taxriban 11,7 million yevro) maosh, shuningdek, 5 million funt (5,83 million yevro atrofida) miqdorida bonuslar olmoqda.
«Arsenal» o‘tgan mavsumda 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Angliya chempioni bo‘lgan edi.

Izohlar (0)