Asosiy mazmunga oʻtish

"Arsenal" asosiy yulduzidan ayrildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Juda katta yo‘qotish

Londonning “Arsenal” jamoasida hujumchi Bukayo Saka uzoq muddatga safdan chiqib qolishi mumkinligi jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. BBC tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, klub tibbiy shtabi dastlabki tekshiruvlarda futbolchida sonning to‘rt boshli mushagi shikastlanganini aniqlagan. Shu bois Saka kamida olti-sakkiz hafta maydonga tusha olmasligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli vinger 21 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi “Bavariya”ga qarshi safar uchrashuvida jarohat olgan edi. Myunxendagi bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi, ammo Saka o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi — u uchrashuvning o‘ninchi daqiqasidayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga zahiradan Eberechi Eze shoshilinch ravishda o‘yinga qo‘shildi.

Manbaga ko‘ra, dastlabki tibbiy testlar Sakaning tiklanishi uchun kamida bir yarim oy talab etilishini ko‘rsatmoqda. Biroq shifokorlar bu muddat ikki oygacha cho‘zilishi ehtimolini ham istisno etmayapti. 

Holatni qiyinlashtirayotgan asosiy omil — shikastlangan qismida suyuqlik ko‘p to‘plangani bois “kanonirlar” vrachlari hozircha mushakdagi uzilish darajasini aniq belgilay olmayapti.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q