"Arsenal", "Bavariya" va "Atletiko"! Bittasini tanla!
Yosh hujumchi nishonga tushdi
«Bryugge» klubi hujumchisi Nikolo Tresoldi atrofida Yevropa grandi jamoalarining qiziqishi kuchaymoqda.
Italiya ildizlariga ega nemis futbolchisi yaqinda «Inter»ga qarshi o‘tkazilgan Chempionlar ligasi uchrashuvida uchta gol urib, o‘zini ko‘rsata oldi. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, 22 yoshli forvardning o‘yinlarini Londonning «Arsenal»i, «Bavariya» va Madridning «Atletiko»si jiddiy kuzatib bormoqda. Ushbu uch klub kelasi yil Tresoldini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
O‘tgan yozda Nikolo Tresoldiga «Barselona» va «Tottenxem» da’vogар bo‘lgan, ammo «Bryugge» rahbariyati o‘sha paytda hujumchini sotish masalasini muhokama qilishdan bosh tortgan edi. Transfermarkt portali ma’lumoticha, yosh va istiqbolli futbolchining transfer qiymati hozircha 35 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)