"Arsenal" Dьyokereshdan voz kechishga tayyor
«Arsenal» klubi Viktor D’yo’keresh bilan xayrlashishga tayyor, ammo bu faqat bitta shart bajarilgan taqdirda amalga oshadi.
TEAMtalk nashrining yozishicha, londonliklar shved hujumchisini faqat yangi yulduz forvard topilgandan keyingina qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda. «Arsenal» uchun eng maqbul nomzod sifatida hozircha «Atletiko» hujumchisi Xulian Al’vares ko‘rilmoqda, biroq u o‘z faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni istayapti.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» shuningdek «Al-Ahli» forvardi Ayven Tonini ham ehtimoliy transfer sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, Toni D’yo’kereshga almashinuv varianti sifatida ko‘rilayotgani, u Kay Havertsning asosiy tarkibdagi o‘rnini egallamasligi alohida ta’kidlangan.
Yangi mavsumda 28 yoshli D’yo’keresh hozircha ikki o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar