Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal"dan ketmasam bo‘lmaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Londonda "non" yo'q

Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Itan Nvaneri yozgi transfer oynasi yopilishigacha klubni tark etishni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda. 

Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur ma'lumot berdi.

Manbaga ko‘ra, yosh futbolchiga eng jiddiy qiziqishni «Milan» klubi bildirmoqda. Italiya grandi vakillari allaqachon «kanonirlar» rahbariyati bilan bog‘langan. Ta'kidlanishicha, transfer borasidagi yakuniy qarorni Nvanerining o‘zi qabul qiladi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Itan Nvaneri «Marsel» tarkibida ijara asosida o‘ynadi. U Frantsiya klubi safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bir bor hamkorlariga golli pas yo‘lladi.

Nvanerining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali yosh futbolchining bozor qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q