Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal"ga osiyolik himoyachi kerak

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Arsenal"ning navbatdagi yirik rejasi ma'lum bo'ldi

«Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Kim Min Chje Angliya premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Kristian Falk xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachiga Londonning «Arsenal» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati Piero Inkapye bilan bog‘liq jarohat xavotirlari fonida Kim Min Chjeni olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi 2023 yili «Napoli»dan «Bavariya» safiga qo‘shilgan edi.

Joriy mavsumda Kim Min Chje myunxenliklar tarkibida yettita o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda himoyachi gol yoki golli uzatma muallifiga aylanmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q