"Arsenal"ga "Real" qadrlamagan forvard kerak
Gol ursa bo‘ldi
Londonning «Fulxem» jamoasi hujumchisi Gonsalo Garsiyaga Angliya premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqida 442 nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Arsenal» va «Aston Villa» jamoalari da’vogarlik sifatida qaramoqda. Shu bilan birga, «Fulxem» qishki transfer oynasida forvardni sotish ehtimolini mutlaqo inkor etmoqda. Klub rahbariyati Garsiyani uzoq muddatli loyiha doirasida muhim figura sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, kelgusida madriddlik «Real» o‘z tarbiyalanuvchisini qayta olib kelish imkoniyatiga ega, chunki klub shartnomada qaytarib sotib olish bandini saqlab qolgan. Shuningdek, agar «Fulxem» Garsiyani boshqa jamoaga sotsa, «Real» transfer summasining 30 foizini oladi.
Garsiya o‘tgan yozda «Real» tarkibidan «Fulxem»ga o‘tgan va 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. U London klubi safida hozirgacha yetti o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.

Izohlar (0)