"Arsenal" katta transferni hal qildi
Xarajat katta bo‘ldi
Londonning «Arsenal» jamoasi Angliya terma jamoasi va «Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
«To‘pchilar» transfer uchun 50 million funt (taxriban 58,5 million yevro) to‘laydi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Konsa yaqin 48 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng u «Arsenal» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda himoyachi klub darajasida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
2026 yildgi jahon chempionatida esa 8 ta o‘yinda ishtirok etib, bir bor gol muallifiga aylandi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Izohlar (0)