Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal": Puling etsa, D'yo'kereshni ol!

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Arteta hujumchini sotib yuboradigan bo‘ldi

«Milan» jamoasi rahbariyati Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyökereshni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqida jurnalist Karlo Pellegatti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Arsenal» rahbariyati shved forvardini ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmayapti. London klubi faqat to‘liq transferga rozi bo‘lishi mumkin va Dyökeresh uchun taxminan 70 million yevro atrofida taklif kelib tushsa, uni muhokama qilishga tayyor.

Viktor Dyökereshning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. U London klubiga Portugaliyaning «Sporting» jamoasidan o‘tgan edi. Yaqinda futbolchining agenti agar Mikel Arteta tajribali forvardga yetarlicha imkon bermasa, Viktor boshqa variantlarni ko‘rib chiqishini ta’kidlagandi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q