
“Arsenal” superto‘purar transferini hal qildi
Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan “Arsenal” tarkibini Evropa futbolining eng sermahsul o‘yinchilaridan biri bilan kuchaytiradigan bo‘ldi.
Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “kanonirlar” Portugaliya chempionatida porlayotgan shved hujumchisi Viktor Dyokereshni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan va shaxsiy shartnoma shartlarini kelib olgan.
Manbaga ko‘ra, “Sporting” forvardi bilan hamkorlik bitimi 2030 yilning yarmigacha imzolanadi.
Dyokeresh va “Sporting” o‘rtasidagi munosabatlar buzilganini ta’kidlash lozim. Lissabonliklar futbolchini imkon qadar qimmatga sotmoqchi va bir necha bor transfer takliflarini rad etdi.
Viktorning o‘zi agar klub hujumchini qo‘yib yuborish to‘g‘risidagi va’dasini bajarmasa, “Sporting” uchun boshqa o‘ynamasligini uqtirdi.
Ayni paytda “Arsenal” mutasaddilari “Sporting” rahbariyati bilan transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilyapti.
Fikrlar