"Arsenal" Vinisiusdan umidini uzgani yo'q
Londonliklar braziliyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyor.
AS nashri sahifalarida «Real» hujumchisi Vinisius Zhunior haqida maqola e’lon qilindi. Yaqin kunlar ichida braziliyalik futbolchi oʻz kelajagi boʻyicha qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni Vini agentlari bilan birga madriddliklar bazasiga yetib keldi. Shu kuni uning shartnomasini uzaytirish boʻyicha hal qiluvchi muzokaralar boshlanganі ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, «Arsenal» kiyinish xonasida Vinisiusni kutayotganlar bor. London klubi futbolchining transferi real imkoniyat deb baholamoqda.
«Kanonirlar» braziliyalikni qoʻlga kiritish uchun barcha choralarni koʻrishga tayyor, klub rahbariyati esa futbolchilarga bitim amalga oshish ehtimoli juda yuqori ekanini ma’lum qilgan.
«Real» hozircha Vinisiusning aniq rejalarini bilib olishni istamoqda. Shu bilan birga, madriddliklar «Arsenal»ning braziliyalikka boʻlgan qiziqishi jiddiy ekanini, bu faqat bosim oʻtkazish yoki savdolashish uchun qilingan qadam emasligini yaxshi tushunib turibdi.

Izohlar (0)