"Arsenal" Vinisiusga qiziqmoqda
Madridning «Real» jamoasida hujum chizigʻida toʻp surib kelayotgan Vinisius Juniyor faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Braziliyalik futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida The Athletic nashri jurnalisti Devid Ornshteyn xabar bergan.
Manbaga koʻra, hozircha «kanonirlar»ning qiziqishi dastlabki bosqichda. London klubi Vinisiusni sotib olish imkoniyatlarini oʻrganayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, ushbu gʻoya Angliyaning amaldagi chempioni rahbariyatining barcha darajalarida qoʻllab-quvvatlangani taʼkidlanadi.
Vaziyatning qay tarzda rivojlanishi esa «Real» va futbolchi oʻrtasidagi shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarga bogʻliq boʻladi. Vinisiusning amaldagi shartnomasi yana bir yildan soʻng yakunlanadi.
Vinisius 2018 yildan buyon madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Braziliya terma jamoasi vingerining bozor qiymati 140 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar