"Arsenal": Xolandning sherigini olamiz!
«RB Leyptsig» jamoasida to‘p surib kelayotgan norvegiyalik vinger Antonio Nusa faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Arsenal Radar nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Nusa «Arsenal» uchun yozgi transfer oynasidagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. London klubi 21 yoshli futbolchi uchun taxminan 40 million yevro taklif qilishga tayyor. Biroq «RB Leyptsig» o‘z o‘yinchisini 60–65 million yevro atrofidagi summagagina qo‘yib yuborishni istamoqda.
Shuningdek, Nusaning kelajagi yuzasidan vaziyatni «Tottenxem», «Bavariya», «Barselona» hamda Italiya A Seriyasining bir qator klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya qayd etilgan xabarda.
Joriy mavsumda Antonio Nusa «RB Leyptsig» tarkibida olti o‘yinda maydonga tushdi, uch bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va ikki golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar