Arteta "Bavariya"dan himoyachi topdi
London jamoasi himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda
«Arsenal» qishki transfer oynasida yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqida Flashscore nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi Angliya liga kubogida «Flitvud Taun»dan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng jiddiy xulosalar chiqarmoqda. Endi «kanonirlar» qishda himoya chizig‘ini mustahkamlash masalasini faol muhokama qilmoqda. Nomzodlar orasida «Bavariya» tarkibida to‘p surayotgan Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Kim Min Je ham borligi aytilmoqda.
Shu bilan birga, «Arsenal» Angliya premyer-ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Mikel Arteta shogirdlari turnir jadvalida «Manchester Siti» bilan birgalikda peshqadamlikni bo‘lishib turibdi, faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqibdan orqada qolmoqda.

Izohlar (0)