Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Arteta kutilmagan bayonot berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Gap Martinelli haqida

Londonning «Arsenal» jamoasi vingeri Gabriyel Martinelli Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga oʻtmoqda.

Tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, Saudiya Arabistoni klubi «kanonirlar» bilan transfer shartlari boʻyicha toʻliq kelishuvga erishgan. Futbolchining oʻzi ham yangi jamoaga oʻtishga rozilik bildirgan.

Shu bilan birga, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta hozircha bu masalaga batafsil toʻxtalishni istamadi.

«Gabi – hozircha «Arsenal» oʻyinchisi, shu bilan cheklaman. Bu haqida qoʻshimcha izoh berishim kerak, deb oʻylamayman. Savolning mohiyatini tushunaman, lekin hozir bu mavzuni muhokama qilish vaqti emas», – dedi Arteta dushanba, 31 avgust kuni boʻlib oʻtadigan Premyer-liga doirasidagi «Aston Villa»ga qarshi oʻyin oldidan.

Maʼlumotlarga koʻra, «Arsenal» Martinellining transferi orqali 65 million evrodan ortiq daromad oladi. Braziliyalik futbolchi 2019 yildan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q