Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Arteta terma jamoada ishlashi mumkin!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Biroq hozir u termada Tuxel bor

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta kelajakda terma jamoada ishlashi mumkin. "Deadlinedaylive"ning xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis bir necha yildan so‘ng Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Bir kun avval germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel "uch sherlar" boshqaruviga tayinlangani haqida xabar berilgandi. U 2025 yilda ish boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Arteta 2019 yilning dekabridan buyon "kanonirlar" bosh murabbiyi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda jamoa Premer-ligani ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q