Arteta Haverts 30 ta gol urishini aytdi
Buni amalda isbotlash kerak
Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Kay Havertsning bir mavsumda 25–30 ta gol urish salohiyati haqida fikr bildirdi.
«Ha. Haverts yuqori darajali hujumchi bo‘lish uchun yetarli potensialga ega. Shuning uchun ham uni aynan shu pozitsiyada maydonga tushiryapmiz. «Arsenal» uni ana shu maqsadda sotib olgan», – deya Arteta so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda keltiradi insayderlar.
27 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum Angliya premer-ligasida olti o‘yin o‘tkazib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
«Kanonirlar» yettinchi turdan so‘ng 18 ochko jamgarib, mamlakat chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)