Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev: Revansh bo‘ladi...

  • 9 may, 2023, 19:51
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev -67 kg vazn toifasida Samadurau Kirylga (Belarus) qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda Asadxo‘ja 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Mana ikkinchi jangimni o‘tkazdim. Bardavom bo‘lsin. Endi keyingi bosqichdagi kubalik raqibim bilan bundan ham yorqin jang o‘tkazishga harakat qilaman. Nasib qilsa, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taramiz.

Jangda asosan qarshi hujumda ishlaganimning sababi raqibimning taktikasini o‘ziga qo‘lladim. 

Avvalgi jahon chempionatdagi raqibim bilan revanshni juda xohlagandim. Albatta, bu jang bo‘ladi. Olimpiada uchun vaznimni -71 kilogramga ko‘taraman.

Muxlislarlaring qo‘llab-quvvatlashi adrenalin beryapti, - dedi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshod Zakirov
09/05/2023 20:06
Асадхужа чиройлин жанг учун Рахмат , сен чемпион буласан иншаоллох