Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Aspinall: "Jons, men ketyapman"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U Jon Jons bilan jang qilmoqchi.

Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall chempionlik unvonini himoya qilganidan so‘ng keyingi maqsadi divizionning mutlaq chempioni Jon Jons bilan jang ekanini aytdi.

“Men UFC ning eng yaxshi jangchisiman. Jon, sizga nisbatan shaxsiy adovatim yo‘q, lekin men sizdan yaxshiroqman deb o‘ylayman, sizni mag‘lub qilaman. Tayyor turing, men ketyapman", - dedi Aspinall jangdan keyin.

Eslatib o‘tamiz , bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 304" turnirida Tom Aspinall 1 raunddayoq Kyortis Bleydesni texnik nokautga uchratdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q