"Aston Villa" Reshford transferini e’lon qildi
Uni klub sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi
"Aston Villa" qishki transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Klub "Manchester Yunayted"dan Markus Reshfordni ijaraga olganini e’lon qildi.
Hujumchining 75 foiz maoshi birmingemliklar tomonidan to‘lanadi. Shu bilan birga, shartnomada "Aston Villa" ingliz futbolchisini yozda 40 million evroga sotib olish bandi ham bor.
Reshfordning kelishini Unai Emerining shaxsan o‘zi rahbariyatdan so‘ragan va bu amalga oshdi. Keyingi reja Marko Asensio transferini e’lon qilish...
Izohlar (0)