Avstraliyada Karolin Voznyatski tengsiz
Avstraliyada o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqada uchinchi davra bahslarining birinchi kungi bahslari yakunlandi.
Musobaqada daniyalik Karolin Voznyatski gollandiyalik Kiki Bertensni 6:4, 6:3 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, slovakiyalik Magdalena Ribarikova ukrainalik Katerina Bondarenkoni uch setda - 7:5, 3:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Australian Open – 2018” musobaqasining to‘rtinchi davrasida Magdalena va Karolin o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar