Avstriya Polsha ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
Avstriyaliklar ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
"Evro-2024"ning ikkinchi turidan o‘rin olgan Polsha - Avstriya uchrashuvida Rangnik shogirdlari g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, Trauner hisobni ochgan bo‘lsa, Piyontek imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan keyin avstriyaliklar ikki marta darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan Avstriya guruhda uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Polsha esa katta ehtimol bilan turnir bilan xayrlashdi.



Izohlar (0)