Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Aziz va Abdurahmon yarim finalda

Zohir2018
Izohlar: 0

Musobaqa davom etmoqda

Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida “G5“ turkumiga kiruvchi “Aktobe Open” turnirining yakkalik bahslarida ikki tennischimiz yarim final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi.
Dastlab, Aziz Dadaboev chorak final bosqichida rossiyalik Venedikt Tsirikidze 6:3, 6:1 hisobida enggan bo‘lsa, Abdurahmon Saidmuhamedov boshqa bir rus tennischisi Vladislav Gavrilovni 6:7, 6:2, 7:6 hisobida engdi.
Endi Aziz final yo‘llanmasin uchun o‘tadigan o‘yinda Grigoriy Gordeev (Rossiya), Abdurahmon esa Danil Ozernoy bilan kuch sinashadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q