Aziza Zokirova muddatdan avval g‘alaba qozondi

  • 07.09.2025 23:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 

-70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, bokschimiz Vengriya vakilasi Regina Lakosni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Bokschimiz endi 9 sentyabrda chorak finalda bahs olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va xitoylik Jianxao Ju to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!