
BAA prezidenti kubogi. Masharipov jamoasi finalda!
BAA prezidenti kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Shabab AL-Ahli" va "Baniyas" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda dubayliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
"Shabab Al-Ahli" safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 68-daqiqada zaxiraga olindi.
Ikkinchi finalchi nomi Otabek Shukurov o‘ynaydigan "Sharja" hamda "Al-Nasr" jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar