Bahraynda O‘zbekiston delegatsiyasining shtabi o‘z faoliyatini boshladi
Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. O‘zbekiston delegatsiyasining dastlabki ishchi guruhi Manama shahriga etib bordi va faoliyatini boshladi.
Musobaqada birinchilardan bo‘lib startga chiqadigan ot sporti bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz a’zolari belgilangan manzilga etib kelishdi. Bugun delegatsiyaning yana bir qismi etib borishi kutilmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan binoda sportchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar